FAXRU IFTIXORIMSAN, ÕZBEKISTONIM.
Xalqini õylagan, xalqini suyagan,
Õziga õzgaga tinchlik tilagan.
Doim adolatni mezoni bilgan,
Yaxshi niyat qilib, ezgu ish qilgan.
Hech kim õzbeklardek kõkragin kermas,
Dunyoda hech millat õzbekdek emas.
Vatanim sen bor bõl turguncha dunyo,
Farzandlaring senga etar jon fido.
Bugun Õzbekiston ardoqdadirsan,
Nurli iqbol sari bormoqdadirsan,
Endi u erkini hech kimga bermas,
Dunyoda hech millat õzbekdek emas.
Ellarni kezganlar maqtarlar seni,
Ba'zilar kõrolmas yutug'laringni,
Nonkõrlar izlar yõq narsalaringni.
Haqgõy elim bilar haqning qadrini,
Shukurki bek bõlding bu xayol emas,
Dunyoda hech millat õzbekdek emas.
G'ururga tõlaman tarixga bõyl