Bag'dodga qaytish
Bir yil o'tib, o'tmasdan turib,
Sog'intirding mani Farg'ona.
Keldim mana yuragim kuyib,
Chinorlaring qani Bag'dod?
Tomlar ko'kka tenglashibdi rost,
Ravon yo'llar kenglashibdi rost,
Soyasida dam olay biroz,
Chinorlaring qani Bag'dod?
Panasida bir qiz ko'rgandim,
Bir bor ko'rib uni suygandim,
Tanasiga ismin o'ygandim - ,
Chinorlaring qani Bag'dod?
Qayga ketdi shuncha yashillik,
Bir, ikkimi, yo uch asrlik,
Qurilibdi shuncha qasr lek,
Chinorlaring qani Bag'dod?
Quchog'ingda yo'q edimi joy,
Dog'i bilan go'zalroqda oy,
Sog'ingansan sen ham hoynahoy,
Chinorlaring qani Bag'dod?
Chinorimiz qani Bag'dod?