Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Qishi bilan devzirani urgan do'stlarim, Bahor kelib bilet olib surgan do'stlarim, Musofirlik azobini ko'rgan do'stlarim, Omonmisiz Rossiyada yurgan do'stlarim.
Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) vaqtlarida ikki kishi so'kishdi. Ularning bittasi so'kdi va ikkinchisi jim turdi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) o'tirgan edilar, ikkinchisi ham uni so'ka boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) birdan o'rinlaridan turib ketdilar. Sahobiylar: "Yo Rasu-lalloh, nima uchun turib ketdingiz?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Farishtalar turgani uchun men ham turdim. Bu kishi jim turgan vaqtda farishtalar avvalgi so'kayotgan kishiga raddi badal qilib turgan edi. Bu ham so'ka boshlagani uchun o'sha farishtalar o'rinlaridan turib ketdilar", dedilar".