Qiz bolaning rost gapi ozdir, Yolg'onlari bisyor, adashma. Tegmang menga, degani-nozdir, Nari turing, desa - karashma. Ishva bn qurib keting, der, Könglingga hech qattiq olmagin. Öling desa, yashnab yuraver, Qoching desa, qochib qolmagin. Hech gul bormi axir tikansiz, Tikaniga fido qilgin jon. Bir kun aytar:-yomon ekansiz, Ma'nosi:-siz eng yaxshi inson!