Ezgu orzular bulganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida duch,
Nafsini yengmoqqa topa olmasa kuch,
Alamdan ezilib erkak yig'laydi.
Haqitat olovidan yolg'on bir shisha,
Haq gapni aytmoqdan qilmay andisha,
Qizi nogahon bulib qolsa foxisha,
Hammadan yashirib erkak yig'laydi.
Cheksiz hasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini kurganda totib,
Bolasini tobutini qolsa kutarib,
Yurakdan uchirib erkak yig'laydi.
Xizmat qilolmasa tikib tikib jonini,
Rozi qilolmasa onajonini,
Tuproqqa quyganda otajonini,
Uyalmay baqirib "erkak yig'laydi "