Quloq tutar zorimga, Yarar doim korimga. Shukur debon borimga, Baxtginamga onam bor! Doim kelar qoshimga, Yumush tushsa boshimga. Tot beruvchi oshimga, Baxtginamga onam bor! Mening ham dardim topar, Onamga mehrim ortar. Armonlarim yo’qotar, Baxtginamga onam bor.. Onamda bisyor bardosh, Yolg’iz o’zimga sirdosh. Qalbimga yoqqan quyosh, Baxtginamga onam bor! Tinglaguvchi so’zimni, Erkalatib o’zimni. Oq- qorasi ko’zimni, Baxtginamga onam bor! Boshimni silaguvchi, Oq yo’llar tilaguvchi.. Har qachon qo’llaguvchi, Baxtginamga onam bor!