OTA-ONAM QADRINI... Obro`y topdim qo`shiqlar kuylab, Raxmat oldim el dardin so`ylab, Charchamadim o`zimni o`ylab, Eshitmadim onam dardini, Qachon bildim otam qadrini. Nasixatlar berdim do`stimga, U yo`l topdi kirib so`zimga, Pand bermadim lekin o`zimga, Eshitmadim onam dardini, Qachon bildim otam qadrini. Xali vaqt bor yoshman-ku dedim, Kelajagim g`amini edim, Hudbin edim, bir nodon edim, Eshitmadim onam dardini, Qachon bildim otam qadrini? Ostonamda yig`laydi afsus, Abbos deydi qarshida yolg`iz, Mashxur bo`lding endi ketamiz, Eshitmadim onam dardini, Qachon bildim otam qadrini.