Ko'p zamondan zamonga,
O'tgan bu bir afsona.
Yolg'izgina o'g'liga,
Qarar ekan bir ona.
Yigit ekan jafokash,
Tinmas ekan hech mahal.
Chang solibdi qalbiga,
Kunlardan bir kun go'zal.
Qiz aytibdi yigitga,
Menga bo'lsang xaridor.
Isbot qilgin bir kuray,
So'ng mayliga bo'lay yor.
Shartim og'ir quloq sol,
Shuni bajo qilasan.
Onangni yuragina,
Menga olib kelasan.
Bir seskanib ketibdi,
Shunda yigit bo'shashib.
Nochor yo'lga tushibdi,
Hayol fikri bo'shashib.
Oshiray deb amalga,
Yigit malum tilagin.
Tog'dan tutib bir jayron,
Sug'uribdi yuragin.
Bo'lib qancha umidvor,
Yo'lga tushdi yugurib.
Yana qizning yoniga,
Kelibdi u bosh urib.
Yo'qol olib kelmabsan,
Sen menga keragini.
Ko'rinma keltirmasang