Bilaman kutmaysiz,
so'ginmaysiz hech,
Barini sezib turar hasta yuragim.
Ammo aldab yuraman o'zim-
o'zimni,
Derman: bordir mening unga
keragim,
Kelasiz hali bir kun, men
ishonaman,
Shubha-gumonlarim ortga
tashlayman.
Sizning yoningizda bo'lmoqlik
uchun,
Asli hayotdamas, hayolda
yashayman.
Kutaman, ko'zlarim yo'llarda
sarson,
Mendan olisdasiz qancha-
qanchalar.
Ko'rmay o'tgan kunim men
uchun armon,
Taqdir beshavqatdir bizga
bunchalar.
Darahtlardan yoqqan sariq
xazonlar,
Hijronlarim bitilgan maktublar
kabi,
Bosqilab o'tishga ko'nglim
bo'lmadi.
Nechun bugun sizning
huzuringizda,
Mening hazonchalik qadrim
qolmadi?