TIRIKCHILIK. Ey do‘stlarim dilda dardim ko‘p aytmoqqa, Tugma topib qaday desam, yirtiq yoqa, Etmish hunar kamlik qildi kun ko‘rmoqqa, Ming ko‘chaga boshlab kirdi yigitchilik. Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. YEllar oldi qaynoq yoshlik zavolini, Olmasaydim orzularning uvolini. Juda og‘ir ko‘tarmoq dil malolini, YAxshini ham yomonni ham mana ko‘rdik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Tirikchilik deb kirmadik ne yo‘llarga, YOmg‘irdan qochib uchradik biz do‘llarga, Taqdirimizni topshirdik yot qo‘llarga, Bitta emas, o‘nta emas biz ko‘pchilik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Maqtayvermang hadeb soxta qadrimizni, Erta kimdir titmasmikan qabrimizni, Kimlar zimdan sinamoqda sa