Tuyg'ulari adashgan bu dil,
Poyingga tiz cho'kib yig'ladi.
Yuragini qarg'adi ko'ngil,
Yurak qurg'ur bir so'z demadi.
Uzun soching silamay turib,
Bugun hasta qo'llar yig'ladi.
Lablaringga lab tegmay turib,
Bugun hasta lablar yig'ladi.
Kozingga boq yuzlaringga boq,
Unda mening aksim nomoyon.
Bu dunyoda mingtasiga yoq,
Bir meniki bo'lishing ayon.
Yugurgilar senga talpinib,
Chala urgan hasta xol yurak.
Oqayotgan qonlarim tinib,
Sensizlikka ko'nmasam kerak.
Bu xayotni sinovlari ko'p,
Ikkimizni ayirib ko'rdi.
Ortga qaytib kelsang malikam,
Baxtli bo'ling ikkingiz derdi!