Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Derazangiz chertib utdim yomg'ir bulib
Xijron dilni ezaverdi og'ir bulib
Sog'inchimni shivirlagan bir sir bulib
Yig'laganim shamol borib aytmadimi ???
Izingizda chechak buldim ifor bilan
Dilda og'riq yuzim kuldi bahor bilan
Etagida mexr tula izhor bilan
Yig'laganim shamol borib aytmadimi ???
Quvonchlarga begonadek bilindim man
Oyga sirim aytib tunga yalindimman
Xislarimni sabolarga ilindim man
Yig'laganim shamol borib aytmadimi ???
Eshik qoqib ismingizni aytib ketgan
Suzlarimni tinglab ortga qaytib ketgan
Yuzimdagi yoshlarimni artib ketgan
Yig'laganim shamol borib aytmadimi ???
Armon ekan sevgi menga sog'inch ekan sevgi menga sevish orzu endi menga sizni uchratdim qaydanam. Ko'rib go'zal yuzingiz ko'rsam endi o'zimgiz lol edim xayron edim sizni o'zga bilan ko'rgan edim bevafoligingiz bilsamda sizni xammon sevar edim armmon endi menga muhabbat.