Tikkanni bosib o'tsa bo'lar, singil uchun,
Aziz jondan kechsa bular singil uchun,
Ota uyda qolish yo'qdir singil uchun
Singlingizni yuqlab turing kungil uchun.
Yumshoq kungil ta'na nima bilmaydigan,
Boshingizga kulfat kelsa kulmaydigan.
Bu dunyodan o'tar bo'lsak yig'laydigan,
Singillarni yuqlab turing kungil uchun.
Yangi uyida ildiz otib ketmaguncha,
Borgan joyda toshdek qotib ketmaguncha.
Farzandlari yerda uynab ketmaguncha,
Singlingizni yuqlab turing kungil uchun.
Uzoq-uzoq o'lkalarda yursangiz ham,
Dunyoning u chekkasida bulsangiz ham.
Ota uyga yilda bir bor kelsangiz ham,
SINGLINGIZNI YO'QLAB TURING KO'NGIL UCHUN!