Ey Hudo o'zingdan so'rayman shuni,
Do'stdan xabar o'tgan qay kuni.
O'zga yurtda yurganmish bilmabman buni,
Musofirda yurganlarni o'zing asragin.
Taqdir kitobini o'zing yozibsan,
Dema bandam endi aqldan ozibsan.
Ko'nglimdan o'tganin bilib turibsan,
Uyin sog'inganlarni o'zing asragin.
Ularga osonmas gulxonasidan,
Kimdir ayro bunda o'z oilasidan.
Yana kimdir uzoq o'z onasidan,
Musofirda yurganlarni o'zing asragin.
Qora ko'zlar ota deb yo'l qarar qara,
Sochin tarab ayoli yo'l qarar mana.
Senga nimalarni ko'rsatay yana,
Bolam deb yurganlarni o'zing asragin.
Bu teshik tog'orani tashvishin qilib,
Bir ikki so'm topaman deb tavakkal qilib.
Issiq sovuq kunlarni bo'yniga ilib,
O'zga yurtda yurganlarni