Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
+998904094757 Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun. Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun. Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun. Hozircha yodingda yomon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni. Tosh diling sezmadi hasta dilimni. Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni. Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim. Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim. Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim. Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.