Yor yorning ovozi kelyapdi, Suyganim kimga yor bo’lyapdi, Umidim gullamay so’lyapdi, Tanish tor ko’chadan qaytyapman, Men seni haliyam kutyapman! Sen ketsang topkanday tengingni, Ne qilay javobsiz sevgimni, Hayotga bir siltab yengimni, O’tyapman, o’ttizdan o’tyapman, Men seni haliyam kutyapman! Oq ham oralabdi sochimga, Bir kuni kelarsan qoshimga, Zor yig’lab turarsan boshimda, Eng so’ngi so’zimni aytyapman, Men seni haliyam kutyapman!. Jonim! Seni shirin sog’inch ila hamon kutyapman!.