Meni eslab ko'ngling bo'lganda giryon , Yig'lamay o'zingni tutolasanmi , Sevgimni ezg'ilab qilmasdan yakson , Jonim yo'llarimni kutolasanmi , Umiding uzmasdan kutolasanmi . Diydor qumsab shaxlo ko'zing yoshlamay , Sog'inching ichga yutolasanmi , Mendan o'zga yigit qo'lin ushlamay , Jonim yo'llarimni kutolasanmi , Umiding uzmasdan kutolasanmi . Sen mening qalbimda so'nmas muhabbat , Kutsang gar bir kuni qaytaman albat , Sevgimiz hurmati rostini ayt faqat , Jonim yo'llarimni kutolasanmi , Umiding uzmasdan kutolasanmi . Visol ko'prigini qo'ysalar buzib , Firoq daryosidan o'taman suzib , Bir kuni yoninga qaytishim sezib , Jonim yo'llarimni kutolasanmi , Umiding uzmasdan kutolasanmi . Nogaxon bir