Olis safarlarga ketdima qarang,
dõstlarim deydilar soğindi onang,
yuripmanda mana musofir bõlib
men yahshiman onajon xavotir olmang.
Qadringiz yanaham bilinib qoldi,
Õğlingiz õzgarib quyilib qoldi,
hech kimga bildirmay yiğlab ham oldi
men yahshiman onajon xavotir olmang.
Tushlarimga kirasiz holimni sõrab,
yana erkalaysiz boshimni silab,
ollohdan uzoq umrimni tilab
men yahshiman onajon xavotir olmang.
Yigitman ahir kunim kõchada,
soğinib bedorman ba'zan kechada,
ishlashim kerakku yoshim avjida
men yahshiman onajon xavotir olmang.
Tõğri tan olaman biroz soddaman,
yahshidan yomon kõp buni bilaman,
bu hayot qonuni sabr qilaman
men yahshiman onajon xavotir olmang.
Sher yozdim ovunib siz xafa bõlm