Agar Nogoh O'lsam Bir Kun Ostonangda,
Jonsiz Yotgan Tanamni Sen Ko'masanmi.
Sevgim To'lib Yumilgan Bu Ko'zlarimni,
Bir Bora Sen Yana Ko'rish Xohlaysanmi.
Yig'laysanmi O'tib Ketsam Bu Hayotdan,
Sevasanmi Kechir Deya Yoshlar To'kib.
Qabrimga Bosh Qo'yib Tingla Dardlarimni,
Seni Jonim Sevar Edim Bag'rimni Tirnab.
Nahot Dunyo Yosh Umrimni Hazon Qildi,
Bu Bag'ritosh Dunyoga Men Nima Qildim.
Menga Hatto Bir Go'zalni Ravo Ko'rmadi,
Gunohim Ne Bilolmayman Tavba Qildim.
Gar Bo'lganda Bitta Imkon Senga Qaytishga,
Men Borimni Berar Edim Faqat Sen Uchun.
Sen Ham Meni Sevar Eding Baxtdan Mast Bo'lib,
Baxtimizni Asrar Edik Sevgimiz Uchun...