Bir kun menga "U ham sevardi." desalar, Uning sevgisi
sevgi emas xavas edi derman.
"Yiqildingmi ???"desalar, Yiqilgan men emas xayollarim edi derman!
" Xafa bo'lma hammasi
o'tkinchi " desalar, o'lganimda
bitadi bu savdo derman!
" Sen bu xolatlarga tushmaganing yaxshiydi" desalar,
Yiqitish ham turg'izish ham
Ollohdan derman!
" Nega, uni senga qilganini, unga qaytarmading " desalar, men men uni qattiq " SEVARDIM "derman!!!
Taqdir zarbasidan yiqilsam bir kun,
seni yuragimdan o'chirsam bir kun.
Bu dardu azobdan qutulsam bir kun,
yeg'lama baribir o'lgan bo'laman.
Ko'chamda o'tkanda meni ko'rmasang,
yo'llarda sen meni gar uchratmasang.
Telba owiq borligin xatto sezmasen,
sog'inma baribir o'lgan bo'laman.
Qo'ying bu dunyoning
g'avg'olarini,
Boshi bor so'nggi yo'q
g'alvolarini,
Berahm, beshavqat savdolarini,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!
Yeganim ichimga tushmaydi netay,
Bir kunim azobsiz o'tmaydi netay,
Ko'nglim yaralari bitmaydi netay,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!
To'ydim har kunimnig
yolg'onlaridan,
Dilimga o't qo'ygan
yomonlaridan,
Bir so'zi ikki xil insonlaridan,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas bulbullar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.