Muhabbat bu yalt etgan nigoh va halovat abas degani ,
Muhabbat bu o'zini sevmoq va o'zingga havas degani .
Muhabbat bu kuy to'la zindon, atirguldan qafas degani,
Xayot isi kelar izmidan, xayotimni kessa zimdan.
U quyoshdir yeta olmaysang, u ko'zyoshdir tuta olmasang.
Muhabbat bu keta olmasdan, jon talashgan nafas degani.
Subhi damda kuylagan kaptar, esda turgan chiroyli gaplar .
Muhabbat bu titragan lablar, arz degani araz degani.
Tarixlarni buzgan tarif , yorug'lidan yozgan surati.
Muhabbat bu baxtning surati, baxtning o'zi emas degani !!!