Xayolimda sen bilan,
Sayr etaman gulzorda.
Tushlarimda ko'p bora,
To'y qilamiz bahorda.
Sen baxtiyor men shodman,
Ushaladi orzu o'yimiz.
Tushlarimda qolib ketgan,
Qachon bo'lar to'yimiz.
Sening orzu o'ylaring bo'lak,
Kimlar bilan band xayoling.
Elitmaydi senga hech yo'lak,
Tushmas men tomon yo'ling.
Axir seni sevaman juda,
Aytgim kelar bor ovozda.
Rozi bo'lgin menday yigitga,
To'y qilaylik shu yozda.
Gullar edi urik olmalar,
Muhabbatga loyiq bir onlar.
Bizga havas qilsin odamlar,
Qaytmas aslo unday zamonlar.