Yuragimni o'rtab tursa g'am, ko'zlarimda ko'rsangiz gar nam, garchi mendan hamma kechsa ham, ayting meni kutolasizmi? O'shandayin sevolasizmi? Sevgimdan ustunroq kelsa g'ururim, hech kimga ishonmagan pokiza sirim, agar sal kechroq aytsam g'amxo'rim, ayting meni kutolasizmi? O'shandayin sevolasizmi? Vujudimda tursa gar titroq, tez-tez ursa yurak sizni ko'rgan chog', sevaman deb aytmasam biroq, ayting meni kutolasizmi? O'shandayin sevolasizmi? Dardlarimni sizga aytsam, yoningizga bir kun qaytsam, sevishimni agar aytsam, ayting meni kutolasizmi? Yana ko'proq sevolasizmi?!