Bir xabar tarqaldi,Yarim tun edi,Go‘yo g‘am seliga botdim, yo‘qoldim.Kimdir yo‘lboshchidan ayrildik dedi,Men-chi, aziz do‘stdan ayrilib qoldim.Kimning xayoliga kelmishdir axir,Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.Alam bo‘g‘zimizda achchiq va taxir,Bu g‘amning na cheki na chegarasi bor.Ketdi nogahonda aytmay biror so‘z,Hijron oloviga barchani tashlab.O‘zbek osmonida so‘ndi cho‘ng yulduz,Katta-yu kichikning ko‘zini yoshlab.Biz — noqis bandalar, o‘ylamay goho,Boshimiz silagan qo‘lni tishladik.Yuz yillab teskari aylandi dunyo,O‘z emas, o‘zgalar uchun ishladik.Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,Birovning zabonin sanadik afzal.Shu yurt daholarin bilib va ko‘rib,Begona zotlarga yasadik haykal.Bosq