Mendan ibodatu Sendan ijobat, Mendan itoatu Sendan hidoyat, Mendan qanoatu Sendan baroat – Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim. Savobu gunohim bilguvchi O’zing, Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing, Imonimni butun etkuvchi O’zing – Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim. Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim, Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim, Borar yerimni keng bichir, Xudoyim – Sensan najotkorim, Parvardigorim....