Mendan nima qolar.?
Armonli tuyg'u!
G'ijimlangan daftar,
Yozilmagan, ..... oq,
Sen borki men uchun,
Yiroqdur qayg'u,
Lola Lolajonim Lolaqizg'aldoq.
Men sensiz kunlarni,
Zindonga yo'ydim,
Sen esa men ketsam,
Yig'lama hech ham,
Umrim har qadamin,
Sen birla qo'ydim,
So'ngi bor vaslinga,
To'ymadim erkam,
Ayriliq onlari uzundan uzoq,
Lola, Lolajonim, Lolaqizg'aldoq.
Sendan bir o'tinchim,
O'g'il-Qizlarim,
Mendan so'ng quchmasin,
Marmartoshlarni,
Ular ortimdagi, yorug' yuzlarim,
Ayro kun egmasin,
Mag'rur boshlarin.
Yashasin, beg'ubor,
Va o'yinqaroq,
Lola, Lolajonim, Lolaqizg'aldoq.
Bahor kelib,
Gullasa bodom,
Baxtli kunlar,
Yodinga olgin,
Baxtli bo'lib,
Tug'ilm