Kim sevib sevilmas yoshlik chog`ida
kim kuyib kul bo`lmas ishq firog`ida
qizlar ham sevarlar sevar qanchalik?
Lekin sevolmaslar yigitlarchalik
Yolg`ondir qizlarning muhabbatlari
Sevdim sevaman deb yozgan xatlari
Bir boplab yaxshilab so`ksa adasi
esdan chiqib ketar bergan va`dasi!
1. Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim"