Boshi toshdan bo'lsin erkakni doim,
Bolasi och qolsa qiomad qoim.
Xotinni zaxridan asra Hudoyim,
Ko'chaga chiqadi tirikchilikda,
Nimalar bo'lmaydi,yigitchilikda.
Kimgadir quchog'in ochadi bozor,
Kimdir xunar bilar,kimdir mardikor.
Kirakashlik qilar mashinasi bor,
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda,
Nimalar bo'lmaydi, yigitchilikda.
Qancha uzoqni yaqin qilasan,
Tuproqni xam elab oltin qilasan.
O'zingdan o'tganin o'zing bilasan,
Taqdirga tan berma bu yo'qchilikda,
Nimalar bo'lmaydi, yigitchilikda.