Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sen ketding-u,kuz ham keldi,
Keldi faslim dil so'roqlab.
Qalbda sovuq shamol yeldi
Ketganing sezgach yiroqlab
Endi unga qanday aytay,
Bir umrga armonliging
Tuyg'u qolib muhabbatday,
O'zga dardga darmonliging
Dilimni so'rma,ey kuzim
Endi unga davo yo'qdir
Alvidodir aytar so'zim
Yurak esa kuygan cho'g'dir
Kuz ham kechikdi birozga
Xuddi ko'nglim kechikkanday
Dardim bitib shu qog'ozga
Sensiz qalbim ichikkanday
Har gal kuz fasi kelganda
Bog'lar uzra xazon to'lar
Sovuq shamollar yelganda,
Seni yana ko'rgim kelar
Kuz tugagach qish boshlanar
Muzlab qolar tiniq anxor
Gumonlardan dil g'ashlanar:
"Qalbimga qaytarmu baxor?"
Oltin yaproqlar shivirlar
Ishqim senga izxor etib,
Kuz