Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan,
Biron kuni yo'q ekan.
Qozondagi taomin,
Tepib qochib ketarkan,
Meshidagi suvini,
Sepib qochib ketarkan.
Qarg'ar ekan bolasin,
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
yoyadigan ipini:
"Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm to'lgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Ka'baga imom bo'lgur!
Sichqon dumin kesmagin,
Beozor bo'l, to'g'ri yur.
G'arib yo'lin to'smagan,
Ka'baga imom bo'lgur".
Demas ekan: "Juvonmarg",
"Haromi", "Maraz", "O'lgur".
Bitta ekan qarg'shi:
"Ka'baga imom bo'lgur!"
Niyat ketdi, vaqt o'tti,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning, shu o'g'li
Imom bo'ldi Ka'baga.
Ne-ne shohu sultonlar,
Orqasidan tur