Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Bugun muhabbatda rostakamiga omadingiz keladi. Muhabbatda nimani orzulagan bo'lsangiz, barchasiga yetasiz inshoolloh. Ijodkor bo'lsangiz, kun davomida muxlis va muxlisalaringiz siz tomon talpinishdan tiyila olmay halak bo'lishadi. Ish joyingizda har bir topshirilgan yumushni shoshilmasdan, sifatli qilib ado eting. Kunning ikkinchi yarmida sizga qo'shimcha daromadli ish, yangi kasb taklif etishlari kutiladi. Bunday lahzalarda yetti o'lchab bir kesgan ma'qul. Sog'lig'ingizni tashqi xavfdan ehtiyot qiling.
Bugun yaqinlaringizga ichki sirlaringizni oshkor etmang. Bu narsa kelajakda quchishingiz lozim bo'lgan muvaffaqiyatlar, zafarlarni yo'qqa chiqarishi turgan gap. Muhabbatda chayon burji vakillarining omadi chopmaydigan bo'lib turibdi. Niyatingiz amalga oshib kimningdir muhabbatiga erishsangiz ham, bu muhabbat mo'rt bo'lib chiqadi. Kechqurun yolg'iz qoling. Yolg'iz qolish sizni ortiqcha g'amlar, janjallar, ko'ngilsizliklardan asraydi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste'mol qilish bilan cheklaning.
Oilangizdagilar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, boshi berk ko'chaga kirib qolsangiz, qalbingizga quloq tuting. U sizga to'g'ri yo'l ko'rsatadi. Bugun ro'zg'or yumushlari bilan o'ralashib qolmang, ko'chadagi, ishxonadagi ajoyib lahzalardan quruq qolasiz. Optimist nazari bilan boqsangiz, moliyaviy muammolar ham sizning foydangizga hal bo'ladi. Kechqurun kimdir bajargan ishingiz uchun qo'lingizga bir dasta pul tutqazishi ehtimolga yaqin bo'lib turibdi. Omadingizni bersin!
Bugun kuningiz yoz quyoshidek qaynoq kechadi. Ruhan xotirjam bo'lasiz inshoolloh. Kun mobaynida yuzingizdan tabassum arimaydi. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasizki, bu ishda va shaxsiy hayotda yangi zafarlar quchish uchun sezilarli darajada foyda beradi. Agar tijoratchi yoki tadbirkor bo'lsangiz, kechqurun mo'may daromad sizni qidirib kelishi kutilmoqda. Salomatligingizni saqlang.
Taqdir sizga in'om etadigan har bir imkoniyatdan unumli foydalaning. Bu asosan ishingiz bilan bog'liq. Sababi, bunday imkoniyatlar har kuni ham berilavermaydi. Muhabbatda qat'iyatli bo'lishingizga to'g'rri keladi. Shu yo'l bilangina tanlaganingizning qalbiga yo'l topa olasiz. Yigitlarimiz sevganining qo'lini so'rashga ahd qilgan bo'lsa, bugundan qulayi bo'lmaydi. Asablarni asrang, ular qaqshaganda, kutilmagan jiddiy xastaliklarga duchor etishi mumkin.