Dillar g'amga cho'mib
qoladi, Hamma jim-jit, o'yga
toladi. Atrof qop- qorong'u
bo'ladi, Mahallada chiroq
o'chganda. Kim paypaslab
shamni qidirar, Kim qoqilib
yerga yiqilar. Kimdir
tokchadagi gugurtni izlar,
Mahallada chiroq o'chganda.
Kimdir endi taom yemoqda,
Yana kimdir ishdan
kelmoqda. Kimdir oshxonada
ovqat suzmoqda, Mahallada
chiroq o'chganda. Saldan
keyin boshlanar "Kelin",
"Qirol hamda kanizak" keyin.
Kino o'tib ketishi tayin,
Mahallada chiroq o'chganda.
Kichkintoylar qiy- chuv qiladi,
Kim ho'mraygan, kimdir
kuladi. Kim uxlagan, kimdir
yuradi, Mahallada chiroq
o'chganda. Telefonda
antenna "o'lgan", Internetda
svyaz yo'qolgan. Zaryadka