"SEVGI,,
Ba'zan sevgi so'ramay netmay,
Yuragingda bo'ladi paydo.
Uchraysan-u bir gõzal qizga,
Shu ondayoq bõlarsan shaydo.
Sevgi ba'zan tõsatdan kelib,
Yuragingni olar qo'liga.
Tamom olib ixtiyoringni,
Boshlab ketar bilgan yõliga.
Boshlab ketar uchirib parday,
Boshlab ketar uzoq-uzoqga.
Menga õxshash sodda yigitni,
Ilintirar nozik tuzoqga.
Yuragimda mavj urar shodlik,
Nasib bo'lsa visol kunlari.
Ammo lekin jondan bezdirib,
Juda qiynar xijron tunlari.