Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib Nafosat haqida sursang gar xayol. Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib Yurgan bir hasratdir xijobli ayol! Biroq oson emas yurmoq hijobda, Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol. His qilar o'zini begona dunyo, Kelgindi xilqatdir xijobli ayol. Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan, Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol. «Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan Berkingan suvratdir xijobli ayol. Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay, Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol. Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay Saqlangan siyratdir xijobli ayol. Millat-u, dinini ko'plar unutib Gunohlar qa'rida toparkan zavol, Taqvosi timsoli, libosi bo'lib Diniga quvvatdir xijobli ayol. Behayo kim