SEVARDIM.
Muhabbat qasrini bezardim,
Bog'larin tinimsiz kezardim.
Sevgimni yashirib pinhona,
Men seni jonginam sevardim.
Ko'ksimga sanchilgan tig' mayin,
Sog'inib boryapman kun sayin,
Hatto keng dunyoga sig'mayin,
Men seni jongina sevardim.
Bobur Maxzun.
@@OQ ATIRGULIM@@
Yagonam,go'zalim,ko'rkam ochilib,
Iforing hidi har tomon sochilib,
Darddan nari ketib jilmayib,kulib,
Qaylarda yuribsan oq atirgulim?
Sen yurgan yo'llarni kezdim birma-bir,
Seni izlab jonim titraydi zir-zir,
Sevgilim sog'inib ketdimku axir,
Qaylarda yuribsan oq atirgulim?
Meni o'rab olgan hijron qafasi,
Sensizlik jonginam qisar nafasim,
O'zgalarni kelsin bizga havasi,
Qaylarda yuribsan oq atirgulim?
Sevmasam bormasdim sening yoningga!
Tegdimmi gulim ayt yoki joningga?
Hayotim rahim et men yomoningga,
Qaylarda yuribsan oq atirgulim?
Huvillab qolgandir biz uchrashgan joy,
Unutib yubording meni hoyna-hoy,
Bormisan darak ber ey yerdagi oy?
Qaylarda yuribsan oq atirgulim?
YANGI YIL KECHASI.
Bunchalar qayg'uli yilning oxiri,
Qancha ushalmagan orzular qoldi.
Shahdam qadamlarin tashlagan oyoq,
Kelib yil s6ngiga negadir toldi.
Xayirlashgim kelmas eski yil bilan,
Eslasa arzirli xotirasi bor.
T6rt fasl t6nini 6zda jamlagan,
Kuzida bahorim,qishda yozim bor.
Yuzimga ohista q6nmoqchi b6lar,
Samodan yog'ilgan qorning parchasi.
Bu kimning shodligi,kimning g'amidir,
Yilni yakunlamoqchi soat milchasi.
Ortimga qaradim sarhisob qilib,
Goh t6g'ri,goh chalkash bosgan izlarni.
Yangi yil qalbimni q6zg'atib pinhon,
Uyg'otib yubording sokin hislarni.
Qorbobo qopida jamlanib turar,
Yangi yil sovg'asin sara-sarasi.
O,buncha yoqimli,dilochar,zavqli,
Bu bayram kunining quvnoq dav
СЕН КЕЛМАДИНГ.
Фирок, келди дарёдек тошиб,
К,олди шунда хаёлим шошиб.
Гурур деган девордан ошиб,
На мен бордим,на сен келмадинг.
Сенга етмас к,албимнинг охи,
Шуьла сочмас севгимиз мохи,
Иккимиз хам согинган чоги,
На мен бордим,на сен келмадинг.
Юрак мисли музлатилган, тош,
Эрирмикин порласа к,уёш?
Мен багритош,сен хам багритош,
На мен бордим,на сен келмадинг.
Келармисан бир кун ёнимга?
Согинч тегиб кетди жонимга,
Илк учрашган ,,ОРИОН'' ёнига,
На мен бордим,на сен келмадинг.
Безовта бу к'у'нгилни тук,лаб,
Дил дарчасин к,'у'йдим к,улуфлаб,
Мен сени ва сен мени й'у'к,лаб,
На мен бордим,на сен келмадинг.
Бобур Ганиев.