Bunchalar qayg'uli yilning oxiri,
Qancha ushalmagan orzular qoldi.
Shahdam qadamlarin tashlagan oyoq,
Kelib yil s6ngiga negadir toldi.
Xayirlashgim kelmas eski yil bilan,
Eslasa arzirli xotirasi bor.
T6rt fasl t6nini 6zda jamlagan,
Kuzida bahorim,qishda yozim bor.
Yuzimga ohista q6nmoqchi b6lar,
Samodan yog'ilgan qorning parchasi.
Bu kimning shodligi,kimning g'amidir,
Yilni yakunlamoqchi soat milchasi.
Ortimga qaradim sarhisob qilib,
Goh t6g'ri,goh chalkash bosgan izlarni.
Yangi yil qalbimni q6zg'atib pinhon,
Uyg'otib yubording sokin hislarni.
Qorbobo qopida jamlanib turar,
Yangi yil sovg'asin sara-sarasi.
O,buncha yoqimli,dilochar,zavqli,
Bu bayram kunining quvnoq davrasi.
Chegarangga qadam q6ydik yangi yil,
Yaxshi niyatlar-la boshlab kuningni.
Kutaman sen menga va'dalar etgan,
Orzularga darcha ochgan tongingni.
Bobur G'aniyev.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 6