Sevgi yo'q deb senga kim aytdi?Oy nuriga cho'mildi oqshom,Yulduzlarnin bo'yin taratdi.Ko'kka qarab intilmoqda jon,Sevgi yo'q deb senga kim aytdi?Kiprigimda so'ngi ko'z yoshim,Dard ham meni sog'inib qaytdi.O'ngidan kelmoqda har tushim,Sevgi yo'q deb senga kim aytdi?Etmish ikki tomirim uyg'oq,Suyaklarim hatto titraydi.Ishonmasang ko'zlarimga boq,Sevgi yo'q deb senga kim aytdi?Ishqning bitta zarrasi kelib,Dunyoni ishq uyg'otgan payti,Qalbingni yolg'onlarga to'ldirib,Sevgi yo'q deb senga kim aytdi?