Dardim kimga aytay deyman, tinglaguvchi odam yo'qdir!
Bugun halqim g'amin yegan, barcha sevgan inson yo'qdir!
Yuraklarni it tirnaydi, unga malham qaydan topay!
Afsus, endi bu dunyoda yurtboshimiz, otam yo'qdir!
Yig'lab-yig'lab nima qilay, ko'zda ortiq yoshxam yo'qdir!
O'lim haqdir duo qiling, bizda boshqa imkon yo'qdir!
Endi bizga meros shudir - bu vatanni asramoqlik!
Ey o'zbegim bardam bo'lgin endi seni otang yo'qdir!