Yuzingga boqmay yashashni o'rgandim,
Ko'zingga boqmay yashashni o'rgandim,
O'zingga yoqmay yashashni o'rgandim,
Lek ishqingsiz yashashni, o'rganolmadim..
Ayriliq ne?.. Bilmasdim, o'rgatdilar,
Hijron zahrin tortmoqni o'rgatdilar,
Tanholikdan bezmaslikni o'rgatdilar,
Lek sevgingsiz yashashni o'rganolmadim..
Hajringda men zor-zor o'rtanyapman,
Qaynoqqina dudog'ingsiz o'rtanyapman,
Ket! deya haydashingga ham o'rganyapman,
Lek mehringsiz yashashni, o'rganolmadim..
Bilsang agar sevmaslikni, o'rgat menga,
Tinch uyquda uxlashlikni o'rgat menga,
Yor ishqida kuymaslikni o'rgat menga,
Men o'zingsiz yashashni, o'rganolmadim..
O'rganolmay sevgidan bezishni mudom,
Dil nolasin bitd