Mehribonim mehri daryo dil, Ovozlari mayin begubor kongil. Soginchdan ko'ngilga sig'mayapti qil, Tushingizga kirgim keldi onajon. Yoningizda jilmayib quvonchga to'lib, Dunyolarga sigmay qiyqirib kulib, Bir zumga bo'lsada yosh bola bo'lib, Ortingizdan yurgim keldi onajon. Gaplarim xam ko'pdan ziyoda, Yiglamasdan yoshlar ichimda shoda. Qongiroq qilmasdan faqat ro'yoda, Xolingizni so'rgim keldi onajon. Ichim jimirlaydi xavotir tinmas, Be mehr o'glingiz qadringiz bilmas. Xar kun tavof aylab rasmingiznimas, O'zingizni ko'rgim keldi onajon. Qo'llari xamisha duoda jon onajonim, SHu kecha men sizni juda juda sogindim.