QIYOMATNOMA
Ayo do'stlar qiyomat kuni bo'lg'onida ,
Turlik-turlik alomatlar bo'lar emish ,
Zamon o'tib maxshar tongi otg'onida ,
Avval oftob mag'rib sari turg'on ermish ...
Qiyomat kun bolg'onini barcha bilgay ,
Tog'u toshg'a boshin urib zor yig'lagay ,
Yaqo ushlab yig'lab yuz ming tavba qilg'ay ,
Tavbang qabul bo'lmas debon aytar ermish ...
Avval ketgay xalqlar aro mexru shafqat ,
Xech qolmagay olam aro nozu ne'mat ,
Andin so'ngra ko'tarilgay Qur'ondin xat ,
Olam aro yuz ming balo yog'ar ermish ...
Qurib qolgay yer yuzida shuncha daryo ,
Arshdin bo'lak ulug'-kichik kulli ashyo ,
Osmondan boron yog'mas , unmas giyox ,
Qudratidin pora-pora bo'lar ermish ...
Ondi