Abdulla ORIPOV,
Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri
VATANIM
Har bir uyda aygʻoqchi,
Har qadamda iskovich,
Odamni koʻrsa qochar,
Bedovlaring hurkovich.
Oshingga zahar soldi,
Gʻanimlaring bir hovuch,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Non bermaydi va lekin
Non yeganni oʻldirar,
Oʻsib turgan niholni
Ayoz kabi soʻldirar.
Bozor bormay qoʻyningni
Puch yongʻoqqa toʻldirar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.
Har koʻchada ming mirshab,
Har goʻshada avaxta,
Haq deganning ogʻzi berk,
Qon yutar laxta-laxta.
Oʻzi-ku paxta ekkan,
Yostigʻi boʻldi taxta,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulda