Uyg'onadi dunyo har bahor, Har ko'klamning bordir o'z guli. Meni ma'zur tutsin gar bahor Ko'zlarimga yoqsa kuz guli. Umrim darddan tizilgan shoda, Jim tingladim ko'ksim nolishin. Erta o'lar-ketar dunyoda Bilmagandim sevib qolishim. Goh shamolday uchqur, beega, Goh tun kabi sokin va jimsan. Xayolimdan ketmaysan nega, Aytgin axir men uchun kimsan. Menga atab she'r yoz deganding, She'rda yolg'on bosa olmayman. Sevdim deyish o'lim bilan teng, Sevmayman deb yoza olmayman. Umrim o'tdi bu quv dunyoda Goh mansab, goh nomus talashib. Qara, bugun yoningda hatto Turolmayman senga yarashib. Mayxonaga chorlar meni may, Bilmam uning ne zori bo'lsam. Senga atab qanday she'r yozay, Shoirmas, g'irt bezori bo