Yolg'ondan to'qilsa yolg'onchi ertak, Tunlari yo'qolsa qizlar bedarak, Oq libos kiymasdan yuvsa oq yo'rgak, Eng razil muhabbat shu bo'lsa kerak. Qomatiga lol bo'lib oshiqlar tursa, Har oshiq yigitga bo'salar bersa, So'ng nasib etmasa unga oq ko'ylak, Eng qimmat muhabbat shu bo'lsa kerak. Eriga xiyonat qilsa kelinchak, Kelin qilmishidan yig'lasa falak, Bu ishlardan bexabar landavur erkak, Eng arzon muhabbat shu bo'lsa kerak. Nahotki qolmadi pokiza yurak, Sevgi degan tuyg'u bo'ldimi ermak, Yoshlarga kattalar bo'lmoqda o'rnak, Aslida muhabbat yo'q bo'lsa kerak...