Yetim o'g'loningga quloq sol dunyo,
Kechalar to'lg'onib yig'lab yotaman.
Bir kun baxt omadni toparman ammo,
Duogo'y onamni qaydan toparman?
Do'stlar kelib ketar halol va sotqin,
Alardan gox shodlik jabr tortaman.
Dushman ham do'stimga aylanar lekin,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Suluvlar o'tadi muloyim qarab,
Yigit umrim otash cho'g'da yoqaman.
Biri kelin bo'lar o'shanda yo rab,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Bir kun sekinlashar xayot kemasi,
Nogox langar tashlab suvga botaman.
Yuzimga urilsa o'lim sharpasi,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
Farosayi fudugar qil ko'rik u dam,
Gunoxim ko'p mani qandoq o'taman.
E vox sadoiy do'zzaxiy bo'lsam,
Duogo'y ona
Chalinsa mungli kuy naylardan,
Alaming olmagin maylardan,
Yoqotsang toparsan qaylardan,
Onasiz bu dunyo qorongu,
Romolin kozinga surtsang ham,
Suratin qolinga tutsang ham,
Kelmagay asrlab kutsang ham,
Onasiz bu dunyo qorongu...