Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Men seni sog'indim, sog'inmasang ham, Tunlari yig'latsang, yig'latmasang ham. Sog'inma desang, sog'indi yurak. Men seni sog'indim, sog'inmasang ham. Kutaman tunlari yulduzdan so'rab, Kutaman sevgimiz nurlarga o'rab. Kutaman tonglari tunlardan so'rab, Men seni sog'indim, sog'inmasang ham.
Bo'lolmading dardim darmoni. Sevib g'amga boshimni urdim. Yuragimni mangu armoni. Bugun seni tushimda ko'rdim... O'n besh kunlik oyday to'libsan. Oq libosda yonib turibsan. Sen chiroyli kelin bo'libsan. Bugun seni tushimda ko'rdim... Terilganmish qoshlaring nechun. Egilgan bu boshlaring nechun. Ko'zingdagi yoshlaring nechun. Bugun seni tushimda ko'rdim... Kechir meni qoshlari kamon. Ayriliqning azobi yomon. Yuragimdan ketmading hamon. Bugun seni tushimda ko'rdim... Uzatdim lek yetmadi qo'lim. Qismatimdan og'ridi dilim. Peshonamga bitmagan gulim. Bugun seni tushimda ko'rdim.....
Qani endi bu yomg'irlar endi yog'masa. Xotiradek bir umr mangu qolmasa. Dardimga dard bo'lib dardlar tug'masa. Shunda yomg'ir ostida kulib turaman. Lekin... Bugungi yomg'irni yomon ko'rama... Qani endi bu yomg'irlar endi yog'masa. Xotiradek bir umr mangu qolmasa. Dardimga dard bo'lib dardlar tug'masa. Shunda yomg'ir ostida kulib turaman. Lekin... Bugungi yomg'irni yomon ko'rama...