Doimiy ustuning bir kun qularkan, Bir tomchi yosh bilan ko'zlar to'larkan. Odamzod bariga chidarkan ammo, Orzusi ushalmasa alam qilarkan. Boyvachcha baxtini pulga olarkan, Faqir esa chorasiz,baxtsiz bo'larkan. Odamzod bariga chidarkan ammo, Orzusi ushalmasa alam qilarkan. Xayotda kutilmagan ishlar bo'larkan, Xayotingizdan do'stlar mamnun kularkan. Xursandlikdan dunyoga sig'maganizda, Sevganiz tushunmasa alam qilarkan. Yillar ham o'tarkan, odam o'larkan. Qachondir porlagan yulduz, bir kun so'narkan. Odamzod HUDOdan umr so'rarkan. Orzusi ushalmasa alam qilarkan...