Kompyuterlar, qidiruv tizimlari va mobil telefonlarga haddan tashqari ko‘p bog‘lanib qolish xotirani o‘tmaslashtiradi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya va Gollandiyada olib borilgan tadqiqotlarda olti mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Respondentlarning 33 foizdan ortig‘i kerakli ma’lumotni yodga olish uchun o‘z xotirasi emas, balki kompyuterga murojaat qilishini bildirdi. Britaniyalik respondentlarning faqat 45 foizi uyidagi eski telefon raqamini eslay olgan bo‘lsa, 29 foizi o‘z farzandlari yoki hamkasblarining telefon raqamlarini yoddan aytib bera olgan, xolos. Psixologlarning fikricha, axborot izlash tendensiyasi o‘z-o‘zidan uzoq muddatli xotiraning kuchayishiga