Seni har on sog'inaverib,
Yurak bag'rim ezilib ketdi.
Tanasiga ismimiz yozgan,
Chinorimiz kesilib ketdi.
Taqdir menda bormidi qasding,
Sharob emas sarob tutqazding,
Yiroq qilding sevgilim vaslin,
Yetisha olmasman sezilib ketdi.
Kuch qolmadi bilagimdagi,
Begonadur tilagimdagi,
Hastalangan yuragimdagi,
Sevgi ipi uzilib ketdi.
Yodingdami yozgan she'rlarim,
Faqat senga aytgan sirlarim,
Qizg'aldoqqa to'lgan qirlarim,
Qizg'aldoqlar ezilib ketdi.
Bevafosan va lekin go'zal,
Bahting bo'lsin husningdan go'zal,
Muhabbatdan qurgan Toj-Mahal,
Qasrlarim buzilib ketdi.
Seni har on sog'inaverib,
Yurak bag'rim ezilib ketdi.
"F+Z" deb o'yib yozganim,
Chinorlar ham kesilib ketdi.