Yaratganga Beadad Shukr,
Kunim Fayzga To'lib O'tmoqda.
Yuragida Beminnat "Mehr" ,
UYDA MENI ONAM KUTMOQDA.
Kelarmu deb yo'limga qarab,
Sovib qolgan choyni yangilab.
Dasturxonga issiq non o'rab,
UYDA MENI ONAM KUTMOQDA.
Ko'rgannimda yayraydi dilim,
Uyimda nur, xovlim to'la gul.
Bundan ortiq baxt bormi axir,
UYDA MENI ONAM KUTMOQDA.
Dard yoniga kelma iltimos,
Mehr beray qilayin e'zoz.
Men bir unga kerakman xolos,
UYDA MENI ONAM KUTMOQDA.
Yashnatadi bog'u dilimni,
U siz topolmayman yo'limni.
Tirikchilik qo'yvor qo'limni,
UYDA MENI ONAM KUTMOQDA!